35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Qaror ijrosi yuzasidan ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 25-maydagi VII-22-42-11-166-K/26-sonli qarori bilan uy-joy ta’miri uchun mablag‘ ajratilgan fuqarolar xonadonlarida qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Ishchi guruh tomonidan Sunbula mahalla fuqarolar yig‘inining Tinchlik ko‘chasi, 10-uyda istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqaro M.Otaboyev xonadonida olib borilayotgan “yashil ta’mirlash” ishlari bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida ta’mirlash ishlarining sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallarining holati, ishlarning belgilangan loyiha va muddat asosida olib borilishi hamda fuqaro uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar tomonidan ta’mirlash ishlari sifatli tashkil etilgani, qurilish jarayoni belgilangan talablar asosida olib borilayotgani hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotgani qayd etildi.

Mazkur qaror ijrosi hamda ta’mirlash ishlari deputatlik nazoratida bo‘lib, bu boradagi monitoring ishlari izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3