35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
📌 Sessiyaga kiritilayotgan axborotlarning haqqoniyligi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi Shovot tumani bo‘limi axborotining haqqoniyligi va joylardagi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Navbatdagi o‘rganishlarda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri Izzat Masharipov hamda deputat M. Madraximov ishtirok etib, Ipakchi mahallasida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini joyiga chiqib tahlil qildilar.
O‘rganish davomida fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish amaliyoti, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi, Xalq qabulxonasi tomonidan taqdim etilgan axborotlarda aks etgan ma'lumotlarning amaldagi holatga mosligi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, mahalla "yettiligi"ning murojaatlar bilan ishlash samaradorligi va mas'ul tashkilotlar bilan hamkorligi yuzasidan fikr almashildi.
Ta'kidlanganidek, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan sessiyalarda ko‘rib chiqilayotgan axborot va hisobotlarning ishonchliligini ta'minlash, ularning joylardagi ijrosini xolis baholash hamda fuqarolar murojaatlarining qonuniy yechim topishi ustidan deputatlik nazorati izchil olib borilmoqda. Bu kabi o‘rganishlar davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta'minlash, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda qabul qilinayotgan qarorlarning hayotiyligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4