35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
📌 Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi qurilish-ta'mirlash ishlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 19¹-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari o‘z vakolatlari doirasida hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishida ishtirok etadi.
Mazkur vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Matlubo Nurjanova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova Do‘stlik mahallasida joylashgan 1-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti binosida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari holatini joyiga chiqib o‘rgandilar.
O‘rganish davomida ta'mirlash ishlarining moliyalashtirish bilan bog‘liq ayrim muammolar sabab ma'lum muddat sustlashgani qayd etildi. Mas'ul pudratchi tashkilot vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, qurilish-ta'mirlash ishlarini jadallashtirish, belgilangan muddatlarda obyektni to‘liq ta'mirlab foydalanishga topshirish zarurligi yuzasidan tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi hududdagi ijtimoiy obyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish va ta'mirlash ishlari sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi ustidan deputatlik nazoratini izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 3