35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Deputat tomonidan "Adolat" mahallasi yettiligi faoliyati o‘rganildi

Deputat tomonidan "Adolat" mahallasi yettiligi faoliyati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Abdug‘apparova hamda Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinovlar tumandagi "Adolat" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligining faoliyatini yaqindan o‘rgandilar.

🖇Ishchi guruh tomonidan mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, soliq xodimi hamda ijtimoiy xodimdan iborat yettilikning o‘zaro hamkorligi va joriy yildagi ish samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

❗️O‘rganish davomida asosiy e’tibor mahallada aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, xonadonlar drayverlarini aniqlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar" loyihalari doirasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, hududda jinoyatchilikning oldini olish, osoyishtalikni ta’minlash hamda oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash bo‘yicha yettilikning birgalikdagi harakatlari.

📌O‘rganish yakunida "Adolat" MFY yettiligi tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar e’tirof etilgan holda, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 6