35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
KULOLQO’RG’ON MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI BILAN TANISHDI
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Asilova Muxayyo Ubayevna tomonidan Kulolqo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar masalalari o‘rganildi.

Mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilaviy muammolarni aniqlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, ayollar murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur masala yuzasidan deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu jarayon “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

Kulolqo’rg’on mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2