35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi yangilanmoqda

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi yangilanmoqda

Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, aholiga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar tizimi tubdan takomillashtiriladi.

⌛ “Ijtimoiy karta” joriy etiladi
Endilikda barcha ijtimoiy to‘lovlar, subsidiyalar va xizmatlar yagona “Ijtimoiy karta” orqali taqdim etiladi.

⌛ Ortiqcha hujjatlar bekor qilinadi
Fuqarolar ijtimoiy yordam olish uchun hujjat to‘plashi shart bo‘lmaydi — tizim avtomatik ishlaydi.

⌛ Yordamlar manzilli va tez yetkaziladi
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masofadan turib, qisqa muddatda va proaktiv tarzda amalga oshiriladi.

⌛ 2026-yildan yangi imkoniyatlar

🔹 Nogironlik, talabalik kabi maqomlar elektron shaklga o‘tadi
🔹 Qog‘oz guvohnomalar bekor qilinadi
🔹 Ijtimoiy reestrdagi oilalarga QQS (keshbek) qaytariladi

⌛ Imtiyozlar ham karta orqali
Transport, ijtimoiy obyektlar va boshqa xizmatlardan foydalanishdagi imtiyozlar ham “ijtimoiy karta”ga o‘tkaziladi.

⌛ Pensiyalar ham karta orqali beriladi
2026-yildan boshlab fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra pensiyani ijtimoiy karta orqali olishlari mumkin.