35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Matqulobod mahallasida “24 ta muhim masala” va Qonun ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 4-Matqulobod saylov okrugi deputati G.Usmonova, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan Matqulobod mahalla fuqarolar yig‘inida “24 ta muhim masala” hamda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, Qonun ijrosi yuzasidan yoshlar siyosatini amalga oshirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning ta’lim olishi, bandligi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishiga qaratilgan chora-tadbirlarning amaldagi holati o‘rganildi. O‘rganish davomida mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada jami 1 911 nafar yosh istiqomat qiladi. Shundan 2 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, 2026-yilning o‘tgan davrida ushbu yoshlarning 2 nafariga kontrakt to‘lovi amalga oshirib berilgan.

Bundan tashqari, “Ustoz AI” platformasidan mahalladagi 565 nafar yosh foydalanib, sertifikatga ega bo‘lgan. Mazkur ko‘rsatkich bilan mahalla respublika miqyosida faxrli birinchi o‘rinni egallagan.

2026-yilning dastlabki olti oyi davomida mahallada 45 dan ortiq turli ma’naviy-ma’rifiy, sport va targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, ularga 300 nafardan ortiq uyushmagan yoshlar qamrab olingan.

O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7