35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Kengash_faoliyati

DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 14-Bahoriston saylov okrugi deputati Jumayev Sirojiddin Nurqobilovich tomonidan "Bahoriston" mahallasini zamonaviy, mustahkam va uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan beton elektr uzatish ustunlari bilan ta’minlash masalasi yuzasidan yuborilgan deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.

✅Mazkur masala Bandixon tuman hokimligi hamda tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, natijada mahallaga beton elektr uzatish ustunlari ajratildi hamda hududga yetkazib berilib, o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.

✅Bajarilgan ishlar 14-Bahoriston saylov okrugi deputati Jumayev Sirojiddin Nurqobilovich hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi B. Qurbonov tomonidan joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

✅Natijada deputat tomonidan ko‘tarilgan masala amaliy yechim topib, "Bahoriston" mahallasida elektr ta’minoti infratuzilmasini yanada yaxshilash yo‘lidagi muhim ishlar amalga oshirildi.

Xalq manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan amaliy ishlar davom etadi.

Slide 1 of 5