35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xazratova, mazkur doimiy komissiyaga biriktirilgan tashkilot vakillari hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida doimiy komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi qarorlarining ijrosi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Muhokama davomida qabul qilingan qarorlarning ijro holati, belgilangan vazifalarning amaliy natijalari, ijro intizomini ta'minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Doimiy komissiya raisi X. Xazratova tomonidan qarorlar ijrosini yanada samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov doimiy komissiya faoliyatiga biriktirilgan tashkilot vakillari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, hududlarda o‘rganish ishlarini tizimli tashkil etish, qonunlar va Kengash qarorlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Slide 1 of 4