35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida aholi uchun yaratilgan infratuzilma obyektlarining holatini o‘rgandi. Tashrif davomida deputat mahallada yaqinda qurib bitkazilgan piyodalar yo‘lakchasini ko‘zdan kechirib, unda bajarilgan qurilish ishlarining sifati, qurilish me’yorlariga muvofiqligi hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida aholi uchun yaratilgan infratuzilma obyektlarining holatini o‘rgandi. Tashrif davomida deputat mahallada yaqinda qurib bitkazilgan piyodalar yo‘lakchasini ko‘zdan kechirib, unda bajarilgan qurilish ishlarining sifati, qurilish me’yorlariga muvofiqligi hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi. Shuningdek, mahalla fuqarolari bilan muloqot o‘tkazilib, yangi piyodalar yo‘lakchasining aholi, ayniqsa, bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlashdagi ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar qayd etilib, ularni amaliy hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan qurilish ishlarining sifatini doimiy nazorat qilish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish
hamda mahallada obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Mazkur o‘rganishlar mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish hamda hududlarning infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 4