35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Navbatdagi sessiya masalalari deputatlik nazoratida o‘rganilmoqda

Navbatdagi sessiya masalalari deputatlik nazoratida o‘rganilmoqda

📂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi belgilangan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan amaliy o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

🇺🇿 Jumladan, Kengashning agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Uchtepa tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasining joriy yilning o‘tgan davridagi faoliyati, ekologik nazoratni kuchaytirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish hamda sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.

💼 Ushbu o'rganishda Kengash deputatlari Saodat Malikova, Saodat Dusmuxamedova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari Umidbek Abilov, Zarnigor Kuziyeva hamda Uchtepa tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi boshlig'i Xojiakbar Miraxmedov va inspektorlari ishtirok etishdi.

📁 O'rganish yakunida ko'rib chiqilgan masalalar, ekologik qonunchilik ijrosini ta’minlash, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda inspeksiya faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, murojaatlar yuzasidan ishchi guruh bilan birgalikda joyiga chiqib o'rganish hamda masalani Kengash sessiyasida ko‘rib chiqish belgilandi.

Slide 1 of 3