35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
"Yashil makon" dasturi ijrosi deputatlik nazoratida

 "Yashil makon" dasturi ijrosi deputatlik nazoratida 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi M. Tangriberganov
hamda Kengash deputati N. Ibragimova Dovud mahallasi hududida "Yashil
makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarning bugungi
holatini o‘rgandilar.
 

O‘rganish davomida ko‘chatlarning parvarish qilinishi, sug‘orish tizimi,
ularning saqlanish darajasi hamda yashillik maydonlarini kengaytirish bo‘yicha
amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mas’ul
tashkilotlar va mahalla faollari bilan daraxtlarni parvarishlash sifatini
yanada oshirish, qurib qolishining oldini olish hamda hududning ekologik
barqarorligini mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
 

Ta’kidlanganidek, "Yashil makon" umummilliy loyihasi
doirasida belgilangan vazifalarning to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, har
bir ekilgan ko‘chatning saqlanishi hamda parvarish qilinishi ustidan
jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib,
belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 1