Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi raisining tegishli farmoyishiga asosan Xasanov Valijon Keldibekovich - Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.
Valijon Keldibekovich 1968-yilda Xovos tumanida tug‘ilgan. 1995-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – biologiya fani o‘qituvchisi.
Mehnat faoliyatini 1989-yilda Xovos tumanidagi 24-maktabda o‘qituvchi vazifasidan boshlab, 1999-2002-yillarda Yangiobod tumani 11-maktab direktor o‘rinbosari, 2002-2006-yillarda Yangiobod tumani 11-maktab direktori, 2006-2009-yillarda Yangiobod tumani xalq ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi, 2009-2017-yillarda Yangiobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri, 2017-2022-yillarda Yangiobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Bunga qadar Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining oltinchi chaqirig‘ida Kengash kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.