Yangiliklar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda

Ishtixon tumanining barcha hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, belgilangan reja asosida ko‘chat ekish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi 3-Qirqyigit saylov okrugidan saylangan deputat Abdurazzaqov Faxriddin tomonidan yo‘l chetlarida, korxona, tashkilot, muassasalar hovlisida, aholi tomorqalarida ko‘chat ekish, yashil maydonlar barpo qilish borasidagi ishlar tashkil etilmoqda.

Slide 1 of 4