Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Kengash_faoliyati

Aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz va sifatli ta’minlash, mahallalarda mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ustidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Ishpulatov tomonidan hududdagi mahallalarda gaz ta’minoti bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi. O‘rganish jarayonida aholining murojaatlari tinglanib, tabiiy gaz yetkazib berish sifati, bosim darajasi, mavjud nosozliklar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan mas’ul mutasaddilarning faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, tuman gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy choralar va istiqboldagi rejalar yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi. O‘rganish davomida ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Mazkur deputatlik nazorati tadbirida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov ham ishtirok etdi.

Bunday o‘rganishlar aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali choralar ko‘rish hamda kommunal xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4