Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Sport maktabida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tumandagi sport maktabida sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari hamda moddiy-texnik baza holati o‘rganildi.

🔺Tashrif davomida sport zallari, mashg‘ulot maydonchalari, sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi, kiyinish va yuvinish xonalari, tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda xavfsizlik choralarining tashkil etilganligi ko‘zdan kechirildi.

🔺Deputat sport maktabi rahbariyati va murabbiylar bilan suhbatlashib, o‘quvchilarni sportga keng jalb etish, iqtidorli yoshlarni saralab olish va ularning mahalliy hamda respublika musobaqalarida ishtirokini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashdi.

🔺Tashrif yakunida sport maktabining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash va sport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish va iqtidorli sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlarini izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 5