Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Avtomobil yo‘llarining qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026 – 2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qaroriga asosan respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan D006 va D014 avtomobil yo‘llarini G‘azalkent shahri yaqinida bir-biriga bog‘lash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tomonidan kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva ishtirokida o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport qatnovi xavfsizligini ta’minlash hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ul tashkilotlar vakillari tomonidan bajarilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

🔺Mazkur loyiha hududning transport-logistika salohiyatini oshirish, aholi va mehmonlar uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish, shuningdek, tumanning turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘rganish yakunida belgilangan vazifalarning sifatli ijrosi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatilganligi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 5