Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Kengash_faoliyati

🏛️ “Qaldirg'och” MAHALLASIDA HAMKORLIK VA NAZORAT

🗣Mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash tizimini mustahkamlash maqsadida navbatdagi deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazildi.

📍Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengash deputati D.Qudratov 16-Qaldirg'och saylov okrugiga qarashli “Qaldirg'och” mahallasida bo‘lib, o‘rganish ishlarini olib bordilar.

⏺Tadbir davomida mahalla hayotida muhim o‘rin tutuvchi mas’ullarning bugungi kundagi faoliyati, ularning o‘zaro hamkorligi va erishgan natijalari atroflicha ko‘rib chiqildi:

💬 Mahalla raisi faoliyati: 

•  Hududdagi umumiy ijtimoiy-ma’naviy muhit, "mahallabay" ishlash tizimi, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda mahalla "yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish darajasi tahlil qilindi.

💬 Profilaktika inspektori faoliyati:

•  Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda profilaktik hisobda turgan fuqarolar bilan olib borilayotgan tizimli ishlar holati o‘rganildi.

💬 Ijtimoiy xodim faoliyati:

•  “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazi vakili sifatida ijtimoiy yordamga muhtoj, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning manzilliligi ko‘zdan kechirildi.

💬 O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan mahalla mas’ullarining ish samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlarini tezkor va joyida hal etish, jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish hamda ijtimoiy yordam ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha aniq tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2