Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Mahallada ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam masalalari ko‘rib chiqildi.

“Mirzayon” mahallasida aholi murojaatlari, ijtimoiy xizmatlar sifati hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari tuman Kengashining 6-Mirzayon saylov okrugidan saylangan deputati G‘ani Hamroyev ishtirok etib, fuqarolar bilan ochiq muloqot qildi.
Uchrashuv davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlari o‘rganildi.
Shuningdek, fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va yo‘nalishlar berildi. Uchrashuv davomida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, manzilli yordam ko‘lamini kengaytirish hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 11