Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq bilan muloqot: "Terakzor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Xalq bilan muloqot: "Terakzor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Xamdamova o‘z saylov okrugidagi “Terakzor” mahallasida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuvini o‘tkazdi. Ushbu tadbirda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasritdinov ham ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda mahalla ahli hudud infratuzilmasini yaxshilashga doir bir qator masalalarni ko‘tardilar.

Saylovchilar quyidagi murojaatlarni bildirdilar:
️Ichki yo‘llarning holatini yaxshilash va ta’mirlash;
️Elektr tarmoqlaridagi mavjud nosozliklarni bartaraf etish hamda tizimni yangilash.
️shuningdek, mahalla yettiligini xalq oldida hisobot berishini tashkil etish masalasi ham ko‘tarildi.

Deputat N.Xamdamova har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, muammolarni hal etish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Mahalla yettiligini xalq oldida hisobot berishini tashkil etish masalasi bo‘yicha berilgan taklif ijrosi yuzasidan mahalla mas'ullarining ham hisoboti shu kunning o‘zida eshitildi.
"Aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish — mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etishning eng samarali yo‘lidir. Mahallamiz obodligi va fuqarolarimizning farovonligi bizning asosiy maqsadimiz bo‘lib qoladi," — deydi deputat N.Xamdamova.

Slide 1 of 3