Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi #96_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

#_Haftalik_ish_reja_ijrosi
#96_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi


DEPUTATLAR TOMONIDAN MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Tumanda aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni tizimli hal etish hamda joylarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida mahalla tizimidagi ishlar atroflicha o‘rganildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Shamsutdin Oripov, tuman Kengashi raisi M.Ashurov hamda tuman Kengashi deputati Sh.Davlatovlar tomonidan tumandagi "Hulkar" mahallasini “24 ta eng muhim yo‘nalish” bo'yicha “mahalla yettligi” faoliyati, ularning aholi bilan ishlashdagi yondashuvi, ijtimoiy muammolarni hal etishdagi ishtiroki hamda hamkor tashkilotlar bilan olib borayotgan ishlari chuqur tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida mahalla yettiligi a’zolarining hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyati alohida e’tiborga olindi.

Shuningdek, mahalla fuqarolari yig‘ini bilan davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, muammolarni “mahallabay” hal etish mexanizmlarini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Deputatlar tomonidan mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning mas’uliyatini oshirish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda barcha sohalarda hamjihatlikda ishlash muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganish va muloqotlar hududlarda samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, aholi farovonligini oshirish hamda islohotlarning amaliy natijadorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi

Slide 1 of 3