Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihasi bo‘yicha ovoz berish natijalari muhokama qilindi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihasi bo‘yicha ovoz berish natijalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi 156-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Mazkur qarorga asosan, tumandagi “Go‘zal” mahallasi hududidan 0,9 gektar yer maydoni “Tashabbusli budjet” jarayonida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan takliflar asosida shakllantirilgan loyiha uchun ajratilgan bo‘lib, “ovoz berish” jarayoni yakunlariga ko‘ra loyiha “g‘olib” deb topilgan.

Yig‘ilish davomida ushbu hududda zamonaviy yashil maskan barpo etish, aholi uchun qulay dam olish sharoitlarini yaratish, hududning ekologik holatini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram

Slide 1 of 4