Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan “1-Degrez” okrugi deputati Begjanov Ulug‘bek Utkurovich tashabbusi bilan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — “Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati” yuzasidan tumandagi 26-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

📇 26-oilaviy poliklinika Uchtepa tumani, Mergancha ko‘chasi 14A-uy manzilida joylashgan bo‘lib, 3 qavatli binoda faoliyat yuritadi. Muassasaga jami 30 154 nafar aholi biriktirilgan.

💼 Poliklinika tomonidan 7 ta mahalla aholisi tibbiy xizmat bilan qamrab olinmoqda. Jumladan, “Paxtakor”, “Nishabariq”, “Shofayzi bog‘i”, “Degrez”, “Sharq Yulduzi”, “Bog‘ichinor” hamda “Ko‘kcha-Oqtepa” mahallalari aholisiga xizmat ko'rsatilomoqda.

📊 Tahlillarga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan 8-may kuniga qadar reimbursatsiya tizimi orqali jami 7 297 ta retsept yozilgan bo‘lib, shundan 6 069 tasi dorixonalar tomonidan ta’minlangan.

↗️ Har oy kesimida ajratilgan mablag‘ va yozilgan retseptlar tahlil qilinganda, mablag‘lardan samarali foydalanish holati kuzatilgani qayd etildi. Xususan, yanvar–aprel oylarida o‘rtacha 51 mln. so‘mdan 67 mln. so‘mgacha bo‘lgan mablag‘lar dorilar uchun yo‘naltirilgan.

🖥 Shuningdek, muassasaning kompyuter texnikalari bilan ta’minlanganlik holati ham o‘rganildi. Hozirda poliklinikada 171 dona texnik vosita mavjud bo‘lib, qo‘shimcha ravishda 40 dona zamonaviy texnika va UPS qurilmalariga ehtiyoj borligi ma'lum qilindi.

🔼 O‘rganish yakunida deputat tomonidan sohaga oid bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi. Jumladan, aholiga bepul dori vositalarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish, elektron tizimlar samaradorligini oshirish, tibbiyot muassasalarini zamonaviy texnika vositalari bilan qo‘shimcha ta’minlash hamda aholining murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

📁 Aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni bepul dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash masalasi doimiy deputatlik nazoratida bo'ladi.

Slide 1 of 8