Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Fuqorolar murojaati deputat e'tiborida

Fuqorolar murojaati deputat e'tiborida

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri - Kengashga 4-Zarobod saylov okrugidan saylangan deputat K.Muhammadiyev “Zarobod” mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar qabuli o‘tkazdi.

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan ichki yo‘llar holati, elektr ta’minoti, ichimlik suvi, bandlik hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni tizimli bartaraf etish hamda mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan fikr almashildi. Murojaatlarning ijrosi nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Muhammadiyev #Zarobod

Slide 1 of 3