Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
“HOTIRA BOR EKAN – MILLAT BARHAYOT”

“HOTIRA BOR EKAN – MILLAT BARHAYOT”

9-may — yurtimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadigan ulug‘ sana hisoblanadi. Bu kun Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, ularning jasorati va matonatini e’zozlashga bag‘ishlanadi.

Mazkur sana munosabati bilan “Xotira bor ekan – millat barhayot” mavzusida ma’rifat tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Navoiy shahar hokimi, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ergashev Dilmurod Bekmuradovich ishtirok etdi.

Ma’rifat tadbiri davomida xotira va qadrlash tushunchasining ma’naviy ahamiyati, ajdodlarimizning boy merosini asrab-avaylash, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish hamda yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda tarixiy xotirani mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu ma’rifiy tadbir ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirib, xotira va qadrlashning yuksak insoniy fazilat ekanini yana bir bor eslatdi.

Slide 1 of 4