Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Mahalla “yettiligi” faoliyatini o‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan soha vakillari bilan alohida suhbatlar o‘tkazildi hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tahliliy muhokamalar olib borildi.

Xususan, xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi O. Isanov hamda deputat A. Amanlikov mahalla raisi bilan suhbat o‘tkazib, mahallada 2026-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va mavjud muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Shuningdek, hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar hamda kelgusidagi ustuvor rejalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, deputat K. Karimova mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida xodim yaqinda ish faoliyatini boshlagani hamda amaliy tajribasi yetarli emasligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, mahallaga biriktirilgan bank xodimi bilan deputat A. Bo‘tayev tomonidan o‘tkazilgan suhbat jarayonida mazkur xodim ham ishga yangi qabul qilingani va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha yetarli ma’lumot hamda tajribaga ega emasligi aniqlandi.

Shuningdek, deputatlar tashrifi haqida oldindan xabardor qilingan bo‘lishiga qaramay, mahalla hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisining ish joyida bo‘lmaganligi sababli ular faoliyati yuzasidan tegishli ma’lumotlarni olish imkoni bo‘lmadi.

Yig‘ilish yakunida mahalla raisiga amalga oshirilgan ishlar, aniqlangan muammolar hamda belgilangan rejalar yuzasidan batafsil ma’lumotlarni yozma ravishda xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyatiga taqdim etish lozimligi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 7