Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
“Deputat va yoshlar” uchrashuvi yoshlar uchun motivatsion muloqot maydoniga aylandi

“Deputat va yoshlar” uchrashuvi yoshlar uchun motivatsion muloqot maydoniga aylandi

 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tkazilgan “Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar”ga bag‘ishlangan ochiq muloqotda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Uchtepa tumanida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

 🗣 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari Bobur Xalmatov hamda Saodat Malikova ishtirokida “Yoshlar kuni” doirasida “Deputat va yoshlar” mavzusida uchrashuv tumandagi 203-umumta'lim maktabida o‘tkazildi.

 📇 Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda kelajak oldidagi maqsadlarini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

 💬 Tadbir davomida 11-sinf o‘quvchilari — S.G‘aybullayev, A.Adhamjonov hamda A.Abdug‘aniyev kabi faol yoshlar o‘zlarining yutuqlari, tashabbuslari va kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashdilar. Yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, yangi g‘oya va takliflari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

 🧠 Shuningdek, deputatlar ham o‘z hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, yoshlarga muvaffaqiyatga erishish yo‘lida doimiy izlanish, bilim olish va o‘z ustida ishlash muhim ekanligini ta’kidladilar. Ular bugungi yoshlar mamlakat kelajagi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng katta tayanchi ekanini alohida qayd etdilar.

 ↗️ Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir yoshlarni yangi marralar sari ruhlantirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 5