Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
#Deputatlar_faoliyati

#24_ta_masala 

#Deputatlar_faoliyati 

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda deputat N.Parmanovalar tomonidan Sho‘rtepa mahallasi hokim yordamchisi faoliyati hamda mahallani kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, mahalladagi 17 ta xonadon hamda 50 nafar ishsiz fuqaroni manzilli dasturlar asosida qo‘llab-quvvatlash, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar olib borilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 2