Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Deputat mahallada Davlat xizmatlari sifati — deputat nazoratida

 Davlat xizmatlari sifati — deputat nazoratida 

Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati va tezkorligi
xalq vakillarining doimiy e’tiborida. Xususan, 3-Mitan saylov okrugi deputati
(O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi) B.Abralov hamda tuman Kengashi kotibiyati
bosh mutaxassisi L.Iskandarov tomonidan tumandagi FXDYo bo‘limi faoliyati
o‘rganildi.
 

O‘rganish jarayonida
nimalarga e’tibor qaratildi?
 

Deputat va mutaxassis tomonidan bo‘limda
fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida
quyidagilar ijobiy baholandi:
 

Elektron navbat tizimi: Aholiga xizmat ko‘rsatishda zamonaviy AKT
texnologiyalaridan
foydalanilmoqda, navbat olish to‘liq elektron shaklga keltirilgan. Bu
esa ortiqcha navbatlarning oldini oladi.
 

 Qulay kutish zallari: Bo‘limga
tashrif buyuruvchilar uchun barcha zarur sharoitlarga ega kutish xonalari
mavjudligi aniqlandi.
 

 Sifatli xizmat: Xodimlarning
fuqarolar bilan muloqot madaniyati va hujjatlarni rasmiylashtirish tezkorligi
tahlil qilindi.
 

Maqsad — xalq roziligi 

Deputat B.Abralov o‘rganish davomida soha xodimlariga xizmat
ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga
muhtoj qatlamiga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
 

"Davlat idoralari xalqqa xizmat
qilishi kerak. Bizning maqsadimiz — har bir fuqaroning idorama-idora sarsan
bo‘lmasdan, tez va sifatli xizmat olishini ta’minlashdir," — deydi xalq vakili.
 

  

Telegram (http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 2