Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifati, o‘quv jarayonlari hamda tashkil etilgan fan va sport to‘garaklari faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning fan olimpiadalari, sport musobaqalari va turli ko‘rik-tanlovlarda erishayotgan yutuqlari e’tirof etilib, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi hamda sportga keng jalb etilayotgani yuqori baholandi.

Tashrif davomida maktab jamoasi, o‘quvchilar va faxriylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” ham tashkil etildi. Unda ustozlar, nuroniylar va yoshlar o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarga hurmat hamda hayotiy tajribalarni yosh avlodga yetkazish masalalari muhokama qilindi.

Deputatlar tomonidan ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 6