Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Toshkesar MFYda ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi

✅Marg‘ilon shahrida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

✅Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-sonli qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida 12-Toshkesar saylov okrugi deputati X.Mashrabaeva tomonidan Toshkesar MFYda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

✅O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga qaratildi. Jumladan, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda o‘z vaqtida yetkazib berish masalalari atroflicha tahlil qilindi.

✅Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish borasidagi faoliyati ham o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.

✅Mazkur o‘rganishlar joylarda ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6