Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ijrosi doirasida tashkil etildi.

📌 Tahlilda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga ko‘rsatilayotgan yordamning samaradorligi asosiy e’tibor markazida bo‘ldi.

▶️ Ijtimoiy xodimning amaliy natijalari:

✔️ Nafaqalar tayinlash: Ijtimoiy reyestrda turgan 21 nafar muhtoj fuqaroga tegishli tartibda davlat nafaqalari tayinlanishiga ko‘maklashildi.

✔️ Keys-menejment: Murakkab ijtimoiy vaziyatdagi 5 nafar oila bilan keys-menejment asosida individual ish olib borilib, ularning muammolari kompleks hal etildi.

✔️ Ta’limga yo‘naltirish: Maktabgacha ta’lim yoshidagi 1 nafar bola bog‘chaga joylashtirildi.

✔️ Moddiy ko‘mak: 11 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish uchun maxsus voucherlar (elektron talonlar) taqdim etildi. 9 nafar bolaga kiyim-kechak olib berishda yordam ko‘rsatildi.

💬 O‘rganish yakunida deputat F.Homidov ijtimoiy xodimning mas’uliyatli faoliyatini yuksak baholab, kelgusida ham aholining har bir dardu tashvishini o‘z vaqtida o‘rganib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.

🫥Maqsad — "Inson qadri" tamoyili asosida har bir fuqaroning hayotdan rozi bo‘lishini ta’minlashdir.