Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Хalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi" ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Хalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi" ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Domiy komissiya yig'ilishi kun tartibida Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda 2026 yil 1-chorak yakuni bo‘yicha Qo‘qon shahridagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlashning holati va navbatdagi vazifalar bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘qon shahridagi Xalq qabulxonasining axboroti dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘qon shahridagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi M.Abduraxmanov axborot berdi. 

Bunda Qo‘qon shahar fuqarolaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasiga 2026 yil 1 chorak mobaynida jami 2035 ta (2025 yil 1 chorak davomida 1532 ta) murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar o‘tgan yilga nisbatan 503 taga yoki +32.8 % oshganligini (viloyat ko‘rsatkichi -42.3 %) kelib tushgan murojaatlarning 1944 tasi, yoki 95,5 foizi ijobiy hal etilganligi borasida ma'lumot berildi.

Shu bilan bir qatorda Qo‘qon shahrida fuqarolar tomonidan 2026 yil 1-choragi davomida, jami 17 ta (2025 yil 1-choragi davomida 21 ta) jamoaviy murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 23.5 %ga kamayganligini, murojaatlarning 14 tasi yoki 82,3 % qanoatlantirilgan. Shundan, 6 tasi, yoki 42,8 foizi ijobiy, 7 tasi esa huquqiy maslahat berish orqali hal etilgan, 1 tasi uzoq muddatli nazoratga olinganligini, 3 tasi ko‘rib chiqish jarayonida ekanligini yig'ilish ishtirokchilariga ma'lum qildi.

Doimiy komissiya yig‘ilishi so‘ngida mazkur masalalarni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6