Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Хalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Хalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Domiy komissiya yig'ilishi kun tartibida Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha manba aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi va ular bo‘yicha soliq qarzdorligi yuzasidan 2026 yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan Qo‘qon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xamraqulov xisobot berdi. 

Bunda shahar soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yil 1-chorak uchun mahalliy budjet daromadlarini ijrosini bajarish uchun 49,8 mlrd.so‘m prognoz ko‘rsatkichi belgilangan bo‘lib, joriy yilning 1-choragi davomida 56,7 mlrd.so‘mga ya’ni 114 foiz yoki 6,8 mlrd.so‘mga bajarilgan bo‘lib, 2026 yil 1-chorak budjet daromadlari uchun 23,7 mlrd. so‘m reja grafik belgilangan bo‘lib, chorak yakuni bilan 26,8 mlrd. so‘mga yoki 113,0% (3,0 mlrd so‘m ortiq) ga bajarilishi ta’minlanganligi borasida ma'lumot berib o'tdi.

Shu bilan bir qatorda 2026 yil yanvar-aprel oylari davomida shahar soliq inspeksiyasiga jami 317 ta turli ko‘rinishdagi murojaatlar kelib tushgan va barcha murojaatlar ijobiy hal etilganligini, maxallalarda aholini soliq soxasi bo‘yicha, soliq madaniyatini oshirish borasida 2026 yilning yanvar-aprel oylari mobaynida shahar ommaviy axborot vositlarida 24 marotaba targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilganligini yig'ilish ishtirokchilariga ma'lum qildi.

Doimiy komissiya yig‘ilishi so‘ngida mazkur masalalarni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3