Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Jamila Xudoyqulova tomonidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.Abdivohidovga deputat so‘rovi yuborildi

Ushbu so‘rov Qiziriq tumani “Yetimqum” mahallasida olib borilgan o‘rganishlar hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida yuborildi.

So‘rovda hududda birlamchi tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklanganligi, aholining tibbiy yordam olish uchun uzoq masofalarga qatnashga majbur bo‘layotgani alohida ta’kidlangan. Bu esa aholining salomatligi, kasalliklarning oldini olish va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi qayd etilgan.

Deputat tomonidan quyidagi masalalar yuzasidan aniq va asoslantirilgan javoblar so‘raldi. Jumladan,

— “Yetimqum” mahallasida tibbiy xizmat holati bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilganligi;

— hududda modul tibbiyot punkti (maxsus tibbiyot konteyneri) o‘rnatish imkoniyati;

— aholiga qulaylik yaratish uchun aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi;

— amalga oshirish muddatlari va mas’ul ijrochilar haqida ma’lumot.

Mazkur deputat so‘rovi aholini sifatli va qulay tibbiy xizmat bilan ta’minlash, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda hududlarda tibbiy infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi.

So'rov natijasida mas’ul tashkilot tomonidan qisqa muddatlarda aniq yechimlar, amaliy choralar rejasi hamda “Yetimqum” mahallasi aholisi uchun tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga erishiladi.

Slide 1 of 3