Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-sonli “Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini deputatlar hamda keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi tomonidan o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv seminari Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi Kotibiyati mudiri O'tayev Qurbon Saydullayevich tomonidan o‘tkazildi.

 Seminarda O'tayev Qurbon Saydullayevich qonunning Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘quv seminari ishtirokchilari qonunning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish, uni amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish hamda hududlarda Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligiga qaratdilar. Deputatlar tomonidan Fuqarolar yig‘inining qarorlarini bajarish va fuqarolar yig‘inlari oralig‘idagi davrda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yig‘inining kengashi shakllantirilganligi yuzasidan taklif va tashabbuslar bildirildi.

Seminar davomida ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi Bunday o‘quv seminarlarini muntazam ravishda o‘tkazish deputatlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonun ijrosini ta’minlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2