Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi raisi, kotibiyat xodimlari hamda tuman partiya guruhlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda o‘tgan hafta davomida deputatlar tomonidan joylarda amalga oshirilgan o‘rganishlar har tomonlama va tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, amalga oshirilgan ishlarning Xalq deputatlari tuman Kengashining rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida yoritilishi, axborotlarning tezkorligi, dolzarbligi va sifat darajasi alohida muhokama qilindi. Bu borada ayrim kamchiliklar qayd etilib, axborot siyosatini yanada kuchaytirish, aholiga ochiq va shaffof ma’lumot yetkazish tizimini takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish davomida:

— deputatlik nazorati doirasida olib borilgan ishlar samaradorligi,

— hududlarda aniqlangan muammolarni bartaraf etish mexanizmlari,

— mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik darajasi,

— aholining murojaatlari bilan ishlash holati

atroflicha tahlil qilindi.

Kelgusi hafta uchun ustuvor vazifalar sifatida:

✔️ haftalik ish rejasining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash,

✔️ o‘rganishlarda aniq natijadorlikka erishish va muammolar yechimiga qaratilgan yondashuvni kuchaytirish,

✔️ ijtimoiy infratuzilma, kommunal xizmatlar, bandlik va aholi farovonligiga oid masalalarga alohida e’tibor qaratish,

✔️ joylarda aholi bilan ochiq muloqotlar sonini oshirish,

✔️ olib borilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng va sifatli yoritish kabi muhim yo‘nalishlar belgilandi.

 Asosiy maqsad — hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimini ta’minlash va aholining tuman kengashiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat.

Slide 1 of 4