Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Azizbek Xasanovning Sho'rchi tumanining "Guliston" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi

Uchrashuvda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Sh.Boyqulov, Hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari X.Samatov, deputat A.Xasanov okrugiga qarashli Sho'rchi tumanining "Guliston”, "Konabod" va "Tolli" mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar hamda tegishli mas'ullar, mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.

▫️Tadbirlar davomida deputat Azizbek Xasanov o'z saylovchilariga joriy yilning o'tgan davri mobaynidagi faoliyati, bugungi olib borilayotgan islohot va yangiliklar yuzasidan axborot berdi. Xususan, turli masalalarda jami 13 ta deputat so'rovi yuborilgan bo'lib, shundan, 8 tasi ijobiy hal etilganligi, 2 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan va 3 tasi jarayonda ekanligi ta'kidlandi.

▫️Uchrashuvda mahalladagi 14-sonli maktabda bolalar sonining oshganligi sababli qo'shimcha bino qurishga ehtiyoj borligi, elektr-energiyasida uzilishlar va gaz balonlarning o'z vaqtiga kelmasligi kabi muammolar aytildi. Mavjud muammolar deputat tomonidan bugunni o'zidan nazoratga olib tegishli choralar ko'rilishi, deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 7