Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova hamda reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari bilan birgalikda tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida deputatlik so‘rovlarining belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishi, ijroga yo‘naltirilishi, ko‘rib chiqilish muddatlariga rioya etilishi hamda berilgan javoblarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi batafsil tahlil qilindi. Shuningdek, ayrim hollarda so‘rovlarga kechiktirib javob berish yoki yuzaki yondashish holatlariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlik so‘rovlarining ijro intizomini mustahkamlash, murojaatlarga o‘z vaqtida va sifatli javob berishni ta’minlash masalalari chuqur o‘rganildi.

Slide 1 of 4