Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Tuproqqal’a tumanidagi 14069-harbiy qismda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari F. Seydabdullayeva tomonidan “Vatanparvarlik — milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy immunitet asosi: tarixiy meros, qadriyat va an’analarning tarbiyaviy ahamiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida Vatanga sadoqat, ajdodlar merosiga hurmat, milliy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda ularning bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.

Tadbir yakunida kelgusida mazkur yo‘nalishdagi uchrashuvlarni yanada kengroq qamrovda va tizimli ravishda tashkil etib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 2