Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
"Shifokor" mahallasida ijtimoiy himoya va hamkorlik: Deputat nazorati amalda

Kengash deputati O.Lapasova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov shahardagi “Shifokor” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kundagi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

💬 Tahlil markazida:

Mahalla raisi faoliyati: Hududda "mahalla yettiligi" tizimini samarali muvofiqlashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash borasidagi ishlari ko‘rib chiqildi.

Ijtimoiy xodim faoliyati: Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi, ularni ijtimoiy reyestrga kiritish va muammolarini hal etish choralari tahlil qilindi.

✔️Jarayon davomida aniqlangan masalalarni tizimli hal etish, aholining ko‘makka muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida deputat va mahalla mas’ullari o‘rtasida ishlarni hamkorlikda tashkil etish va doimiy ma’lumot almashish belgilab olindi.

🫥Maqsad — “Inson qadri uchun” tamoyili asosida har bir fuqaroning dardu tashvishiga quloq tutish va mahalla darajasida muammolarga adolatli yechim topishdir.

Slide 1 of 2