Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Deputatlik_nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-93-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev, va deputatlar B. Suyunov hamda G‘. Sayitboyevlar tomonidan “Birlik” mahallasida olib borilgan o‘rganish jarayonida 12-son maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish ishlari joriy yilning fevral oyidan buyon to‘xtab qolganligi aniqlandi.

Mazkur holat, eng avvalo, hududdagi bolalar uchun yaratilishi lozim bo‘lgan zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarining kechikishiga olib kelmoqda. Qurilish ishlarining uzluksiz davom ettirilmasligi nafaqat belgilangan rejalar ijrosiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki ajratilgan mablag‘lar samaradorligining pasayishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bois, mas’ul tashkilotlar tomonidan mavjud muammolarni zudlik bilan bartaraf etish, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirishni ta’minlash yuzasidan aniq choralar ko‘rilishi zarur. Aks holda, bu kabi sustkashliklar aholi ishonchiga putur yetkazishi va hududni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Slide 1 of 4