Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Aprel oyi sarhisobi

Aprel oyi sarhisobi

 Aprel oyi davomida xalq deputatlari Qo'qon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda 30 ga yaqin uchrashuv va o'rganishlar o'tkazilib, aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida 15 ta deputatlik soʻrovi yuborildi.

 Tahlil natijalariga ko‘ra, deputatlar tomonidan yo‘naltirilgan so‘rovlar asosan aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni qamrab olgan bo‘lib, jumladan, kommunal xizmatlar, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, bandlik hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilgan.

 Shuningdek, so‘rovlarning ko‘rib chiqilish muddati, tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan javoblarning sifati hamda amaliy natijadorligi tahlil qilindi. Ayrim yo‘nalishlarda ijro intizomini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

 O‘rganish yakunida deputatlik so‘rovlarining samaradorligini oshirish, ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash hamda aniqlangan muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur tahlil deputatlik faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda joylardagi muammolarga tezkor va amaliy yechimlar topishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi