Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari tomonidan xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tumanning “Fazogir” mahallasi xotin-qizlar faoli G.Maxmasharipova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar M.Mirabdullayev va U.Aripbayev tomonlaridan o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida xotin-qizlar muammolarini aniqlash, ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan manzilli ishlash holati tahlil qilindi.

🔹Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Faollar tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔹O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan xotin-qizlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ularning jamiyatdagi o‘rni va rolini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2