Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman deputati Olimjon Jumanazarov tomonidan “Shirin” mahallasida joylashgan tibbiyot punkti faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Tashrif davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati hamda tibbiyot xodimlarining ish faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, deputat hududdagi umumta’lim maktabi o‘quvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Jarayonning tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena talablari hamda o‘quvchilar salomatligini muntazam nazorat qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikrlar almashildi.

Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholiga qulayliklar yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 2