Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 22-Zartepa saylov okrugi deputati Yarmatov Muxiddin Nurxonovich tomonidan o‘z hududida joylashgan Angor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli “Zang” oilaviy shifokorlik punktida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. Mazkur nazorat tahlil davomida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Raximqulov Jamshid ham ishtirok etdi. Nazorat tadbiri jarayonida muassasada olib borilayotgan ro‘yxatga olish ishlari, fuqarolarni qabul qilish tizimi hamda xizmat ko‘rsatish sifati atroflicha o‘rganildi. Jumladan, elektron navbat monitori orqali kelgan fuqarolarning navbatini tartibga solish, ularni tegishli mutaxassis va xonalarga yo‘naltirish tizimi amalda qanday yo‘lga qo‘yilgani ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, punktda faoliyat yuritayotgan 7 nafar patronaj hamshiralar tomonidan DMT bazasi orqali olib borilayotgan ishlar, aholi salomatligini nazorat qilish va ro‘yxat yuritish tizimi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Deputat tomonidan fuqarolarga tarqatilayotgan bepul dori-darmonlar holati ham o‘rganilib, ularning saqlanishi va yetkazib berilish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganishlar davomida muassasaga murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish sifati hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi. Mazkur nazorat-tahlil tadbiri yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 1