Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Deputat okrugida o‘rganish ishlari davom etmoqda

Deputat okrugida o‘rganish ishlari davom etmoqda

🔵Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasiga muvofiq, aholi muammolarini o‘rganish va amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini tahlil qilish maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

🔵Kengash kotibiyati xodimi Sh.Ergasheva hamda deputat A.Bakiyev 2-Shodlik saylov okrugiga qarashli “Bahoriston” mahallasida bo‘lib, xonadonlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan yaqindan tanishdilar.

✅ Maqsadli kreditlar — daromad manbai

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tavsiyasi bilan ajratilgan maqsadli kreditlarning sarflanishi va ularning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahalla turg‘uni R.Jalilov xonadonida tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati ko‘zdan kechirildi:

🍇 Uzumchilik: Tomorqadan unumli foydalangan holda tashkil etilgan tokzorlar;

🍋 Issiqxona xo‘jaligi: Limon yetishtirish orqali oilaviy daromadni oshirish tizimi;

🐝 Asalarichilik: Asal yetishtirish va ushbu sohani kengaytirish borasidagi ishlar.