Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Deputatlar poliklinikadagi tibbiy xizmat sifatini o‘rgandilar

Deputatlar poliklinikadagi tibbiy xizmat sifatini o‘rgandilar

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri O‘.Rajabov, deputatlar D.Yodgorova hamda A.Kamolovlar ishtirokida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. Bu galgi manzil — “Chinor” MFYda joylashgan 74-sonli oilaviy poliklinika bo‘ldi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

Bepul dori-darmon ta’minoti: Davlat tomonidan ajratilayotgan bepul dori vositalarining haqiqatda ehtiyojmand bemorlarga yetib borishi va dorixonadagi mavjud zaxiralar ko‘zdan kechirildi.

Poliklinikaga tashrif buyurgan fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, shifokorlar ko‘rigi va tibbiy xodimlarning muomala madaniyati o‘rganildi.

Tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida navbatlarning tartibga solingani va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanish holati tahlil qilindi.