Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Oilalar ijtimoiy sharoiti o‘rganilganda

 ✅Hudud yoshlari xonadonlari tomorqasidan unumli foydalanmoqdalar. Bu nafaqat oila farovonligini oshirish, balki yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishning muhim omilidir. Tomorqadan samarali foydalanish orqali yoshlar qo‘shimcha daromad olish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va innovatsion texnologiyalarni, ya’ni ixcham issiqxonalar joriy etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

✅Hududdagi ijtimoiy xodim tomonidan 2026-yil boshidan shu kuniga qadar amalga oshirilgan ishlar o‘rganilganda: Oqtepa, Urganji va Miltiqchi
qishloqlarida yashovchi 130 nafar fuqaroga ijtimoiy ko‘mak sifatida moddiy yordamlar ko‘rsatilganligi, shuningdek ehtiyojmand fuqarolar Mo‘minov Faxriddin va Saidov To‘lanboy xonadonlarining qurilish-ta’mirlash xarajatlari uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 20600000 so‘m mablag‘ ajratilganligi aniqlandi.
 

✅Muhtoj shaxslar Qoraboyeva Nargizaxon va Raxmatillayeva Xosiyatxon homiylar hisobidan protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlangan bo‘lsa, Ismoilova Zuxraxonga nogironlik aravachasi olib berilgan. 

✅Oilalarga ijtimoiy yordam tariqasida: Sultonova Rashidaxon va Muqimova Nodiraxon farzandlari imtiyozli ravishda maktabgacha davlat ta’lim tashkiloti – bolalar bog‘chasiga joylashtirilgan. 

✅Soliyev Azizjon, Xasanov Farruxbek, Shoimova Xajaloy, Xolboyev To‘lqinjon, Oripova Naziraxon, Saidova Nozigul va Oripova Nargizaxon xonadonlariga homiylik asosida bepul oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilgan. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1