Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Mirobod tumanida doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.

Bugun Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Kun tartibida quyidagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi️:

1. Mirobod tuman Soliq inspeksiyasining 2026-yil birinchi chorakda mahalliy byudjetlar daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash, norasmiy bandlik va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

2. Mirobod tumani mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida.

3. Mirobod tumani mahalliy byudjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida.

4. Mirobod tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida.

5. Mirobod tumani hokimligi hamda davlat boshqaruvi hududiy organlari xodimlarini lavozim maoshlariga ustama haqi to‘lash to‘g‘risida

6. Mirobod tumanida besh muhim tashabbus doirasida futbol va mini futbol boʻyicha “Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi”, kurash boʻyicha “Prokuror kubogi”, voleybol boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Shijoat va gʻayrat” harbiy-sport musobaqalarini tuman bosqichini o‘tkazish, g‘olib va sovrindorlarni rag‘batlantirish to‘g‘risida.

7. Boshqa masalalar.

📌 Yig‘ilishda mas’ul rahbarlar:

Doimiy komissiya yig‘ilishida: Mirobod tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limining birinchi o‘rinbosari J.Oripov, Mirobod tuman inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Ibroximbekov, Mirobod tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori K.Rustamov, Yoshlar ishlari Mirobod tumani boʻlimi boshlig‘i Y.Kamolov va Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.A.Karimovlar ishtirok etdilar.

📌 Yakunda barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib xulosalar berildi.

Slide 1 of 8